A+
A
A-

   

      2018 yil 8 noyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar hamda viloyatning bir qator tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.           

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.X.Daniyarov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi eksperti, Navoiy shahar hokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Murodillayev, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Sh.Qodirov, Navoiy viloyati Davlat xavfsizlik xizmati D.B.To‘xtayev, Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i R.U.Mirzayev, Navoiy shahar adliya bo‘limidan O.B.Ro‘ziqulov,  Navoiy viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nabiyeva, Navoiy viloyati narkologiya dispanseri  Bosh vrach o‘rinbosari M.J.Soatov, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh mutaxassisi M.Mansurova, viloyat Bandlik boshqarmasi ishga joylashtirish bo‘limi  boshlig‘i D.P.Jumayev, viloyat Mahalla kengashi rais o‘rinbosari A.Shakarov, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasidan M.Z.Tursunov,  viloyat O‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi boshqarmasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.A.Abduxalilov, viloyat YOI bo‘lim mudiri Z.Z.Isanov, institut fakultetlaridagi ma'naviy-ma'rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 

                     

 Davra suhbatida  giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining ahamiyati, giyohvandlikning og‘ir oqibatlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etishda o‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishda o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning natijalari, ushbu jinoyatga qarshi kurash  amaliyotida mavjud muammolar va ularning yechimlari singari dolzarb masalalarga oid ma'ruzalar tinglandi.

 Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi aholining sog‘lig‘i va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirib, jinoyatchilik holatlarining ortishiga va uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi, uning jamiyatdagi axloqiy me'yorlarga, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy asoslariga putur yetkazishi ta'kidlanib, bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu jinoyatlarga qarshi kurashni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

 Ochiq muloqot, savol-javoblar, muhokama hamda munozaralarga boy tarzda o‘tgan davra suhbatida barcha ishtirokchilar, jumladan tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus