A+
A
A-

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Navoiy Davlat pedagogika instituti

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

 

AXBOROT XATI

  2018 yil 23 noyabr  kuni  Navoiy Davlat pedagogika institutida filologiya fanlari doktori Toxir Jabborovich Yusupov tavalludining  60-yoshlik  yillik yubileyiga bag‘ishlangan  “Tillar va adabiyotlarning o‘zaro ta'siri va hamharakati, globallashuv sharoitida rus tili va adabiyoti o‘qitish masalalari: hozirgi holati, tendensiyalar, muammolar va ularning yechimlari» (Взаимовлияние и взаимодействие языков и литератур, обучение русскому языку и литературе  в условиях глобализации: современное состояние, тенденции, проблемы и их решения)     mavzusida Respublika  ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Anjuman ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 9-00 dan 9-45 gacha davom etadi. Anjuman soat 10-00 da boshlanadi.

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:

 

1. O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash sharoitlarida  rus tili va adabiyoti: rus tilshunosligi va adabiyotshunosligi fanlarining zamonaviy  yutuqlari, oliy ta'lim muassasalarida rus tili va adabiyoti sohasi bo‘yicha yuqori malakali   ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari

2. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida chet tillarni  o‘qitish jarayonining kasbga yo‘naltirilganligi

3. Badiiy matn idroki va tahlili, yoshlarda badiiy adabiyotni o‘qish madaniyatini shakllantirish

4. Maktabda rus tili va adabiyotini o‘qitish - bir butun yaxlit jarayon: innovatsion goyalar va texnologiyalar

Anjuman ishida Respublikamiz Oliy va o‘rta maxsus ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar,  iqtidorli talabalar va maktab o‘qituvchilari  qatnashishlari mumkin. Dastur va materiallar to‘plami anjuman boshlangunga  qadar chop etiladi.

Anjumanda ishtirok etish uchun tezis va maqolalar  joriy yilning 2018 yilning 20 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini

rasmiylashtirish tartibi:

1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllar  ko‘rinishida Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 kegl,  satrlar oraligi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o‘ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart.

2. Birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-chi qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-chi qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-chi qatorda matn yoziladi (na'munaga qarang).

3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi- 1sm,  satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish-avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.

4. Adabiyotlarning to‘liq ro‘yxati asosiy matndan so‘ng alifbo tartibida ko‘rsatilishi lozim.

5.Manba va adabiyotga ishora (ssыlka)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi  lozim  (na'munaga qarang).

6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 10 betgacha bo‘lishi  mumkin.

7.Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to‘plamining nashr xarajatlari uchun har sahifasiga 15000 so‘m, talabalar uchun 10000 so‘m deb belgilangan.

8. Anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

9. So‘nggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.

Elektron mavzu: alya211@list.ru

 Telefon rakamlari:  98 2785165 - Kadirov K.N.; 91 3391767 -  Ruziyeva Z.M. 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus