All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

  Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi. Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi: talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi […]

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, institutda faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar holati va talabalarni toʻgaraklarga keng jalb qilish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda boy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar bilan sayyor qabullarni […]

NAVDPI TALABASI PARIJ-2024 PARALIMPIYA O‘YINLARIGA LITSENZIYANI QO‘LGA KIRITDI

 Ayni kunlarda (8-17-iyul kunlari) Fransiyada para-yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Parij shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi. Quvonarlisi, F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Elbek Sultonov bronza medalini qo‘lga kiritdi va “PARIS-2024“ Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi. Eslatib o‘tamiz, Elbek Sultonov “Jasorat“ […]

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TO‘LIQ MUQOBIL ENERGIYA TIZIMIGA O‘TDI

  Dastlab 2022-yilda institutning 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga 350 kvtlik quyosh panellari oʻrnatildi. Joriy yilda institutda qo‘shimcha 160 kvtlik quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Jami bo‘lib 510 kvt ishlab chiqaruvchi quyosh stansiyalari institutni 100 foiz elektr energiyagasiga boʻlgan talabini qoplab beradi va ehtiyojdan ortgan qismini davlatga sotish imkoniyatini […]

Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi

SIRTQI (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) 2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha to’lov-kontrakt asosida kvotalar tasdiqlandi. Jami: 21 ming 72 ta; O’zbek tili: 17 ming 632 ta; Rus tili: 3 ming 440 ta. Hujjatlar: my.edu.uz orqali  ikkinchi mutaxassislikka […]

12 ta OTM “Young University Rankings – 2023” xalqaro reytingida “REPORTER” maqomida qayd etildi

  “Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e’lon qildi . Quvonarlisi, bu yil respublikamizning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘p, ya’ni o‘tgan yilgi 4 tadan 12 taga yetdi. “THE Young […]

Vazir I.Abdurahmonov: “Vazirlik tomonidan har biringizga zamonaviy planshetlar beriladi“

  Shu yilning 27-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy viloyatiga tashrifi  chog‘ida NavDPIda bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashdi. Samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan suhbatda vazir “Munozara“ bellashuvida institutning Respublika bosqichida birinchi o‘rinni olgan “Edison“ jamoasiga vazirlik tomonidan planshetlar berilishini ta’kidlagan edi.    Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari […]

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakili institutida sayyor qabul o‘tkazdi

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakili O‘tkir Alijonov Navoiy davlat pedagogika institutida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda qabul jarayonlarini tashkil etish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, olimlar va talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish bilan birgalikda abituriyentlarga qabul jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.     Xususan, sayyor qabul ishtirokchilari kasbiy-ijodiy imtihonlarning o‘tkazilishi, o‘qishni […]

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi. Sohalar […]