All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, institutda faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar holati va talabalarni toʻgaraklarga keng jalb qilish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda boy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar bilan sayyor qabullarni jadallashtirish, o‘quv binolarini buyuk allomalarimizning tarbiyaviy ahamiyatga ega iqtiboslaridan keltirilgan namunalar bilan boyitish masalalari boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.