loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Vazir I.Abdurahmonov: “Vazirlik tomonidan har biringizga zamonaviy planshetlar beriladi“

  Shu yilning 27-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Navoiy viloyatiga tashrifi  chog‘ida NavDPIda bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashdi. Samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan suhbatda vazir “Munozara“ bellashuvida institutning Respublika bosqichida birinchi o‘rinni olgan “Edison“ jamoasiga vazirlik tomonidan planshetlar berilishini ta’kidlagan edi.

  

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari tomonidan vazir ta’kidlagan planshetlar hamda zamonaviy quloqchinlar (AirPods), 3D ko‘zoynaklari, telefon quvvatlagich (Power Bank)lar tantanali topshirildi.

Shuningdek, institut yoshlar yetakchisi Akmal Zokirovga vazirning faxriy yorlig‘i yetkazildi.

Bunga javoban iqtidorli talabalar yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun vazirlikka minnatdorchilik izhor qildilar.