All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakili institutida sayyor qabul o‘tkazdi

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakili O‘tkir Alijonov Navoiy davlat pedagogika institutida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda qabul jarayonlarini tashkil etish hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, olimlar va talaba-yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish bilan birgalikda abituriyentlarga qabul jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

   

Xususan, sayyor qabul ishtirokchilari kasbiy-ijodiy imtihonlarning o‘tkazilishi, o‘qishni ko‘chirish tartibi, nogironligi bor fuqarolarga berilgan imtiyozlar kabi masalalarda o‘zlarining savollarini yo‘llashdi.

Shuningdek, imtiyozga ega abituriyentlarga imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ularning muammolarini hal qilish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, talabalar, abituriyent va fuqarolar ishtirok etdilar.