All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

  Davlat oliy taʼlim muassasalariaro hamda xorijiy va nodavlat muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz (davlat OTMlariaro) hamda my.uzbmb.uz (xorijiy va nodavlat OTMlaridan) platformalari orqali qabul qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan ikkinchisiga koʻchirish ikki holatdagina ruxsat beriladi:

  • talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
  • davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.