All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

12 ta OTM “Young University Rankings – 2023” xalqaro reytingida “REPORTER” maqomida qayd etildi

  “Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 yoshdan kichik bo‘lgan eng yaxshi universitetlari reyting natijalarini e’lon qildi .

Quvonarlisi, bu yil respublikamizning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘p, ya’ni o‘tgan yilgi 4 tadan 12 taga yetdi.

“THE Young University Rankings – 2023” THE, WUR kabi xalqaro reytinglar bilan bir xil 13 ta samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanadi, biroq ular OTMlarda mavjud bo‘lgan eng keng qamrovli va muvozanatli taqqoslashni ta’minlash uchun barcha asosiy missiyalari – o‘qitish, tadqiqot, bilimlarni uzatish va xalqarolashtirish bo‘yicha baholanadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 963 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 358 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar OTMlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.