All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVDPI TALABASI PARIJ-2024 PARALIMPIYA O‘YINLARIGA LITSENZIYANI QO‘LGA KIRITDI

 Ayni kunlarda (8-17-iyul kunlari) Fransiyada para-yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Parij shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi. Quvonarlisi, F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Elbek Sultonov bronza medalini qo‘lga kiritdi va “PARIS-2024“ Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi.

Eslatib o‘tamiz, Elbek Sultonov “Jasorat“ medali hamda Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi. Sportchi talabamizni qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaymiz. Kelgusi nufuzli musobaqalarda ham oliy o‘rinlarni egallashida tilakdoshmiz!