All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

«Vatan tinchligiga birdek mas’ulmiz» shiorida uchrashuv

 Yoshlarda vatanga bo’lgan vatanparvarlikni oshirish maqsadida institut Yoshlar ittifoqi Kengashi va Tarix, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda Navoiy viloyat 20022-harbiy qism hamkorligida «Vatan tinchligiga birdek mas’ulmiz» shiori ostida ko’rgazmali tadbir va davra suhbati bo‘lib o’tdi.

Konimex tumanida “Tarixingizni bilasizmi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

   Navoiy davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan Navoiy viloyat maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Konimex tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida “Tarixingizni bilasizmi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda “Konimex tumani – Qizilqum mintaqasining dur-u javohirlar xazinasidir”, “Tarix — maʼnaviyat koʻzgusi”, “Konimex tumani tarixiga bir nazar”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzularida Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari […]

“Zamonaviy oliy ta’lim tizimi:muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

   Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida  “Zamonaviy oliy ta’lim tizimi:muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda institut  rektori, texnika fanlari doktori professor B.B.Sobirov, Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori I.B.Nasriddinov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor N.O.Safarova, Navoiy davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining barcha o`qituvchilari, […]

Oʻzbekiston bo’ylab sayohat qil

  O’zbek tili va adabiyoti fakulteti «Qoraqalpoq tili va adabiyoti» yo’nalishi talabalari institut rahbariyati va institut kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida ko’hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat qildilar. Sayohat Registon maydoni, Birinchi Prezident Islom Karimov haykali, Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Hazrati Xizr masjidi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va muzeyi boʻylab […]

XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN OʻQUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida mahalla xotin-qizlar faollari uchun 21-noyabrdan 10-dekabrga qadar oʻquv seminarlari oʻtkazilishi belgilangan. Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy shahri, Karmana, Konimex va Navbahor tumanlari mahalla […]

N.Yarashovaning (DSc) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti Yarashova Nasiba Jumayevnaning «Bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik tadqiqi» mavzusidagi 10.00.01 – O’zbek tili ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi yuzasidan kafedraning kengaytirilgan muhokamasi bo’lib o’tdi.   Ushbu ilmiy seminar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Ilhom Nasriddinov raisligida o’tkazildi. Shuningdek, seminarda bo’lim […]

Rus va qozoq filologiyasi fakulteti oʻquv-uslubiy seminar oʻtkazildi.

  Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida o’quv-uslubiy seminar tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ga muvofiq Rus va qozoq filologiyasi fakultetiga biriktirilgan Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 34-umumtaʼlim maktabida “Umumtaʼlim maktablarida […]

Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz

  16-noyabr — “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan Maktabgacha va boshlang’ich  ta’lim fakultetida «Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyati Baynalmilal madaniyat markazidan vakillar ishtirok etishdi. Tadbir davomida fakultet talabalari turli millat xalqlarning kuy-qo’shiqlariga raqsga tushishdi.   Navoiy shahridagi «Do’stlik» uyida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti […]

Elsevier xalqaro nashriyot uyi bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi

   Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier xalqaro nashriyot uyi bilan imzolangan bitimga asosan  Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va Xalqaro reyting bo’limlari tomonidan Elsevier (xalqaro nashriyot uyi) bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. Endilikda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar va ilmiy […]

Bayrog’im mening-faxrim

  Bayrog’imiz, g’urur va faxrimiz timsolidir.Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh kòkda falakning bayroģi bòlib porlab turadi. Kungilda muhabbat bayrog’i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog’i nurlantiradi.Davlat ramzi har bir xalqning mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo’lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog’ini muqaddas bilib, uni ko’z qorachig’idek asraganlar. Ozod va obod Vatanimiz-O’zbekistonning bayrog’i ham bizni ulug’ maqsadlar […]