Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier xalqaro nashriyot uyi bilan imzolangan bitimga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va Xalqaro reyting bo’limlari tomonidan Elsevier (xalqaro nashriyot uyi) bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi.
Endilikda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar va ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchi barcha xodimlar va hatto talabalar ham (institut IP-internetidan foydalangan holda) Elsevier bazasidagi maqolalardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
- Maʼlumot uchun, Elsevier bugungi kunda dunyodagi eng katta ilmiy maʼlumotlar bazasi hisoblanadi. Tashkilotning maqsadi jahonda ilm-fanni rivojlantirishdan iborat boʻlib, u 5 mingdan ortiq nashriyot va 23 ming ilmiy jurnalni birlashtiradi.
- Ushbu 👉havola orqali Elsevier bazasidagi maqolalardan bepul foydalaning.