16-noyabr — “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida «Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy viloyati Baynalmilal madaniyat markazidan vakillar ishtirok etishdi. Tadbir davomida fakultet talabalari turli millat xalqlarning kuy-qo’shiqlariga raqsga tushishdi.
Navoiy shahridagi «Do’stlik» uyida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti «Qozoq tili va adabiyoti» yo’nalishi 3-bosqich talabasi Janabayeva Tanyaning Astana shahrida o’tgan xalqaro tanlovdagi yutugʻi eʼtirof etilib, Prezident maktabi xodimlari tomonidan kitob sovgʻa qilindi.