Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida mahalla xotin-qizlar faollari uchun 21-noyabrdan 10-dekabrga qadar oʻquv seminarlari oʻtkazilishi belgilangan.
Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy shahri, Karmana, Konimex va Navbahor tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish metodikasi boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Oʻquv jarayonida viloyat hokimi oʻrinbosari M.Mamadiyarova, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Boshqarma boshligʻi D.Mirzadjanova, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi N.Karimov ishtirok etishdi.