loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Bayrog’im mening-faxrim

  Bayrog’imiz, g’urur va faxrimiz timsolidir.Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh kòkda falakning bayroģi bòlib porlab turadi. Kungilda muhabbat bayrog’i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog’i nurlantiradi.Davlat ramzi har bir xalqning mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo’lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog’ini muqaddas bilib, uni ko’z qorachig’idek asraganlar. Ozod va obod Vatanimiz-O’zbekistonning bayrog’i ham bizni ulug’ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Mana shunday faxr- iftixor tuyg’ularini tuygan holda joriy yilning 18- noyabr sanasida Matematika- informatika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.Yusupov hamda tyutorlar ishtirokida ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.