Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti Yarashova Nasiba Jumayevnaning «Bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik tadqiqi» mavzusidagi 10.00.01 – O’zbek tili ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi yuzasidan kafedraning kengaytirilgan muhokamasi bo’lib o’tdi.
Ushbu ilmiy seminar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Ilhom Nasriddinov raisligida o’tkazildi. Shuningdek, seminarda bo’lim boshlig’i Tohir Utapov, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’i Erkin Musayev, kafedra a’zolari hamda doktorantlar qatnashdilar.
Ilmiy seminar juda yuqori saviyada tashkil etildi. Kengaytirilgan yig’ilish qaroriga asosan Yarashova Nasiba Jumayevnaning «Bolalar adabiyoti tilining lingvokognitiv, lingvopsixologik tadqiqi» mavzusidagi 10.00.01 – O’zbek tili ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyaga tavsiya etildi.