All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

OCHIQ DAVLAT XIZMATI TADBIRI TASHKIL ETILDI

  Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarlik xizmatiga jalb etish kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, […]

«Munozara» bellashuvining gʻoliblari aniqlandi

  Navoiy davlat pedagogika institutida «Munozara» o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlab fakultetlardan tashkil topgan 16 ta jamoa o‘zaro bilim sinashib, saralash va yarim final o‘yinlaridan so‘ng birin-ketin tanlovni tark etishdi.   Finalga esa Tarix fakultetining «Edison» va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining «Iqro» jamoalari chiqib, mahoratlarini namoyon qildi. Shiddatli tarzda davom etgan bu bosqichda «Edison» jamoasi gʻalaba […]

Institutda Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi

 Navoiy davlat pedagogika institutida Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalari “Xorijiy tillarni oʻqitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” fanidan oʻtkazilgan festivalda guruh talabalari jahon mamlakatlari, jumladan, Meksika, Xitoy, Tojikiston, Italiya, Ozarbayjon, Hindiston, Braziliya, Gretsiya, Saudia Arabistoni, Ispaniya, Misr va Chechenistonning urf-odatlari, madaniyati, milliy taomlari, kuy va qoʻshiqlarini aks ettirgan […]

“Oilam mening baxtim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Ingliz tili va adabiyoti fakultetida 15-may “Xalqaro oila kuni” ga bagʻishlab “Oilam mening baxtim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazishdi. Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti psixoligi D.Abduraimova tashrif buyurdi. Tadbirda so‘z olgan mehmonlar Oilaning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy, ijtimoiy- psixologik mezonlari haqida batafsil aytib o‘tdilar. Talabalar tomonidan […]

Taʼlim: xalqaro hamkorlik taʼlim sifatini oshiradi

 Navoiy davlat pedagogika instituti va M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumi asosida oliygohlar oʻrtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy maʼruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish kabi ishlar bajarilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutiga M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti Falsafa […]

O‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, yozuvchi Gʻafur Gʻulom tavalludiga 120 yil to‘ldi

  O‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, yozuvchi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, mohir tarjimon va jamoat arbobi Gʻafur Gʻulom tavalludiga 120 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida «Gʻafur Gʻulom abadiyati» nomli ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z sanʼatkorining hayoti va ijodi videoroliklar, maʼruzalar, […]

INSON QADRI ULUG’,XOTIRA MUQADDAS

 O‘zbekiston Respublikasida 1998-yildan e’tiboran 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinayotgan yaxshi an’anaga aylandi. Mana shu ulug’ ayyom kunida barchamiz eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib,ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltiramiz. Ayni vaqtda fashizmga qarshi jang maydonlarida mardlik va jasorat ko’rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun […]

Tarixiy xotirasiz-kelajak yo’q

  Joriy yilning 6-may kuni  9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ingliz tili va adabiyoti fakultetining dekan oʻrinbosari D. K. Saibov va tyutorlari tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish va milliy-madaniy meroslarimiz haqida talabalarga tushuncha berish maqsadida fakultetning faol va iqtidorli talabalari uchun Karmana tumanida joylashgan Qoraxoniylar davri meʼmorchiligining noyob durdonasi boʻlgan XI asrning 70-yillarida […]

IT o‘quv markazi bilan hamkorlik

Assalomu alaykum barchaga Oliygohimizda Talabaga imkoniyat loyihasi doirasida kelajak kasblarini «CIPHER-EDU» IT o‘quv markazi bilan birgalikda o‘rganing 🔖 Bizda — Full Stack Python — Web dasturlash — Grafik dizayn — Web dizayn — Photoshop master — Moushn Grafika — Kompyuter savodxonligi — Robototexnika kurslari sifatli ta’lim asosida o’rgatib boriladi. ❗️ Eslatma xar bir kurs uchun […]

Barhayot xotiralar nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir

  Joriy yilning 5-may kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 9-may -Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Barhayot xotiralar” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson uchun tinchlik va osoyishtalik eng ulug’ ne’mat ekani, tinchliksevar xalqimizning ana shu ezgu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosi asrlar silsilasiga bo‘y ko‘rsatib […]