loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

INSON QADRI ULUG’,XOTIRA MUQADDAS

 O‘zbekiston Respublikasida 1998-yildan e’tiboran 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinayotgan yaxshi an’anaga aylandi. Mana shu ulug’ ayyom kunida barchamiz eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib,ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltiramiz.

Ayni vaqtda fashizmga qarshi jang maydonlarida mardlik va jasorat ko’rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog’-salomat yurgan muhtaram faxriylarimiz,xaloskorlarimizga ta’zim qilamiz. Xozirgi tinch,osoyishta hayotimiz,dorilamon kunlarimiz,musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. 2023-yilning yilning 6-may sanasida NavDPI Matematika-informatika fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha  dekan o‘rinbosari G’Yusupov va tyutor G. Kunisova hamda1-bosqich «J» guruh  talaba yoshlari bilan Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Motamsaro ona haykaliga tashrif buyurdi.