Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarlik xizmatiga jalb etish kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamg‘arma stipendiyasini qo‘lga kiritish mumkinligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Maqsad – professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarni shakllantirish, ularni izlab topish, davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilishdan iboratdir.