loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

«Munozara» bellashuvining gʻoliblari aniqlandi

  Navoiy davlat pedagogika institutida «Munozara» o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlab fakultetlardan tashkil topgan 16 ta jamoa o‘zaro bilim sinashib, saralash va yarim final o‘yinlaridan so‘ng birin-ketin tanlovni tark etishdi.

 

Finalga esa Tarix fakultetining «Edison» va O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining «Iqro» jamoalari chiqib, mahoratlarini namoyon qildi. Shiddatli tarzda davom etgan bu bosqichda «Edison» jamoasi gʻalaba qozondi va keyingi, viloyat bosqichiga yo‘l oldi. Finalda institut rektori Bahodir Sobirov hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonov ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladilar. Jamoalar moddiy ragʻbatlantirilishini maʼlum qildilar.

 

Bellashuv yakunida ishtirokchilar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.