Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Ingliz tili va adabiyoti fakultetida 15-may “Xalqaro oila kuni” ga bagʻishlab “Oilam mening baxtim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazishdi. Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti psixoligi D.Abduraimova tashrif buyurdi. Tadbirda so‘z olgan mehmonlar Oilaning jamiyatdagi o‘rni, huquqiy, ijtimoiy- psixologik mezonlari haqida batafsil aytib o‘tdilar.
Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy, qoʻshiq va raqslar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlagan boʻlsa, jiddiy va hazilomuz sahna koʻrinishlari talaba yoshlarga oilaning muqaddasligini yana bir bor anglatdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi va talabalarda katta qiziqish uyg‘ota oldi.