loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, yozuvchi Gʻafur Gʻulom tavalludiga 120 yil to‘ldi

  O‘zbek xalqining atoqli farzandi, shoir, yozuvchi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, mohir tarjimon va jamoat arbobi Gʻafur Gʻulom tavalludiga 120 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida «Gʻafur Gʻulom abadiyati» nomli ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z sanʼatkorining hayoti va ijodi videoroliklar, maʼruzalar, sheʼriy chiqishlar va sahnaviy ko‘rinishlar orqali keng yoritildi.

«Biz bilgan va bilmagan Gʻafur Gʻulom», «Gʻ.Gʻulom — serqirra ijodkor», «Gʻafur Gʻulom ijodida mumtoz adabiyot anʼanalari», «Gʻafur Gʻulomning badiiy olami» mavzularida maʼruzalar tinglandi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari, shoir va publitsist Bahriddin Sadriddinov ishtirok etdi.