loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi

 Navoiy davlat pedagogika institutida Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi. Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda talabalari “Xorijiy tillarni oʻqitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” fanidan oʻtkazilgan festivalda guruh talabalari jahon mamlakatlari, jumladan, Meksika, Xitoy, Tojikiston, Italiya, Ozarbayjon, Hindiston, Braziliya, Gretsiya, Saudia Arabistoni, Ispaniya, Misr va Chechenistonning urf-odatlari, madaniyati, milliy taomlari, kuy va qoʻshiqlarini aks ettirgan chiqishlar qildilar hamda 3 shart boʻyicha oʻzaro baholandilar.

Namoyish etilgan sahna ko’rinishlari hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi. Mazkur festivalda institut rahbariyati ishtirok etib, talabalar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar.