All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

Tyutorlar bilan navbatdagi yigʻilish

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov tyutorlar bilan yigʻilish oʻtkazdi. Unda rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonovlar ishtirok etdi. Yig’ilishda tyutorlarning asosiy faoliyatiga doir masalalar koʻrildi. Jumladan, ijara asosida yashaydigan talabalarning sharoitlarini birma-bir borib oʻrganish, bunda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati birinchi vazifa ekanligi tushuntirildi. Shu bilan birga talabalar turar joylaridagi […]

«Akademik harakatchanlik»

Ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo’lmagan tashabbuskor yoshlar ushbu tanlovda ishtirok etishi tavsiya etiladi. ☝ Dasturda ishtirok etish uchun qo’yiladigan shartlar: 1. Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi; 2. 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi; 3. Topshirilgan ilmiy loyiha summasi […]

HAFTALIK DOIRASIDA ISHTIROKCHILAR TAQDIRLANDI

  “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining “Kreativ ta’lim” kuni loyihasi doirasida bir guruh Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlarga sertifikat, tashakkurnoma hamda “Kelajak umidi” ko‘krak nishoni topshirildi.   Mukofotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, NavDPI va NavDKTU, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyat bo‘limi vakillari tomonidan taqdim qilindi.  

«TIL-MILLAT KO’ZGUSI!» MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

 Navoiy viloyati yuridik texnikumida «Til – millat ko’zgusi!» shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Viloyat adliya boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogik instituti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o’quvchilar tomonidan «O’zbek tiliga davlat tilining berilganligi»ning huquqiy asoslari, tarixiy jarayonlar, she’rlar aytib o’tildi. Texnikum iqtidorli o’quvchilari tomonidan musiqalar va milliy raqslar namoyish etildi.     […]

QADRING BALAND BOʻLSIN ONA TILIM

  Navoiy shahrida Markaziy harbiy okrugiga qarashli Madaniyat va maʼrifat markazida 21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Qadring  baland bo’lsin ona tilim» shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o’rinbosari Q.Bozorov, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori J.Yo’ldoshev, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o’rinbosari N.Umarov […]

Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay

 “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi. Ushbu boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining keng imkoniyatlari, ifoda-uslublari va badiiy koʻlami qoraqalpoq va oʻzbek tillarida mohirona ijrolar orqali namoyish etildi. […]

TIL BAYRAMI BARCHAGA MUBORAK BO‘LSIN

  Qadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida sana munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. “21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni. Bu bayram millatning, o‘zlikning, o‘zbekning bayrami. Mazkur bayramni butun institut jamoasi katta […]

Shaxmat sport turinining 2-bosqich o‘yinlariga start berildi

  18-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Intellektual olimpiada“ doirasida Shaxmat sport turinining 2-bosqich o‘yinlariga start berildi.    Musobaqa natijalari quyidagicha: O‘g‘il bolalar o‘rtasida: 1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 4-kurs talabasi Q.Toshmurodov; 2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti (kechki) 3-kurs talabasi A.G’aybullayev; 3-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi E.Eshonqulov. Qiz bolalar: 1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabasi M.Choriqulova; […]

PROFILAKTIK VA TARG’IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

  Joriy yilning 17-oktabr kuni Navoiy Davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida institut profilaktika inspektorlari N.M.Xayitov, S.A.Xusanova. fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘.G‘.Yusupov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.S.Qo‘chqorovalar fakultetning kechki ta’lim yo‘nalishi 1-2-3-4-bosqich talabalari bilan yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, o‘g‘rilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, kiberxavfsizlik, […]

“InnoWeek.Uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi

 Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.Uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu haftalikda Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy-innovatsion loyihalarga ega talabalar ishtirok etdilar. Matematika-informatika fakulteti, Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD. D.N.Hamroyeva, katta o‘qituvchi L.S.Qoldoshev va iqtidorli talabalar […]