All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“InnoWeek.Uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi

 Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.Uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu haftalikda Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy-innovatsion loyihalarga ega talabalar ishtirok etdilar. Matematika-informatika fakulteti, Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD. D.N.Hamroyeva, katta o‘qituvchi L.S.Qoldoshev va iqtidorli talabalar M.L.Sadullayeva, H.Sunnatullayev, N.S.Isroilovlar o‘z innovatsion g‘oyalari bilan faol ishtirok etdilar. Shuningdek, institutning bir qancha iqtidorli talabalari ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan innovatsion g‘oyalar haftaligiga faol ishtirok etmoqda.

“Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.Uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligi 20-oktyabrga qadar davom etadi.