Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov tyutorlar bilan yigʻilish oʻtkazdi. Unda rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayev hamda birinchi prorektor Xurshid Qurbonovlar ishtirok etdi.
Yig’ilishda tyutorlarning asosiy faoliyatiga doir masalalar koʻrildi.
Jumladan, ijara asosida yashaydigan talabalarning sharoitlarini birma-bir borib oʻrganish, bunda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati birinchi vazifa ekanligi tushuntirildi. Shu bilan birga talabalar turar joylaridagi talabalar holidan ham muntazam xabardor boʻlish, yotoqxonalardagi kamchiliklarni masʼullarga yetkazish choralarini koʻrish masalasi tanqid qilindi. Shuningdek, institut tashkil topganining 40 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan anjumanga munosib tayyorgarlik koʻrilayotganligi va bunda tyutorlarning ham alohida mehnati eʼtirof etilishi taʼkidlandi.
Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga, “besh tashabbus“, “talabalar ligasi“ hamda “Rektor kubogi“ kabi sport musobaqalariga keng jalb qilish masalalariga ham alohida toʻxtaldi.
Shuningdek, tyutorlarning keyingi bajarilishi kerak boʻlgan faoliyatlariga oid topshiriqlar belgilandi.