All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay

 “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining keng imkoniyatlari, ifoda-uslublari va badiiy koʻlami qoraqalpoq va oʻzbek tillarida mohirona ijrolar orqali namoyish etildi.

Tadbirning yuqori saviyada oʻtkazilishida faollik koʻrsatgan fakultet talaba-yoshlari hamda ularga yaqindan koʻmak bergan katta oʻqituvchi X.Narbayeva, fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlariga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.