Navoiy shahrida Markaziy harbiy okrugiga qarashli Madaniyat va maʼrifat markazida 21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Qadring baland bo’lsin ona tilim» shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda Navoiy davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o’rinbosari Q.Bozorov, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori J.Yo’ldoshev, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o’rinbosari N.Umarov va fakultet tyutor va talabalari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda oʻzbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichi, davlat tili maqomini olgandan so’ng olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning o’zbek tiliga hurmat hissi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.