loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TIL BAYRAMI BARCHAGA MUBORAK BO‘LSIN

  Qadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boylik, xalqimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida sana munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. “21-oktabr O’zbek tili bayrami kuni. Bu bayram millatning, o‘zlikning, o‘zbekning bayrami. Mazkur bayramni butun institut jamoasi katta tantanalar bilan kutib olish olmoqda. Ayniqsa, talabalarimiz bayramga alohida hozirlik ko‘rmoqda. 16-21 oktabr kunlari fakultetning har bir guruhi o‘zlarining tadbir dasturlarini namoyish qilish ishtiyoqida. Albatta shu kunlarda o‘zbek tilidagi she’rlar, qo‘shiqlar, sahna asarlari namoyish etilmoqda… Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun barchaga muborak bo‘lsin!”-dedi “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri dots. Sh.Ochilov.