18-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Intellektual olimpiada“ doirasida Shaxmat sport turinining 2-bosqich o‘yinlariga start berildi.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 4-kurs talabasi Q.Toshmurodov;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti (kechki) 3-kurs talabasi A.G’aybullayev;
3-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi E.Eshonqulov.
Qiz bolalar:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabasi M.Choriqulova;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi O‘.Norqulova;
3-o‘rin San’atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi S.Sirojiddinova.
Birinchi oʻrinni olgan talabalar viloyat bosqichiga chiqishdi.
Keyingi bosqichda ham sportchilarimizga omad yor boʻlsin.