All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

KASABA UYUSHMASI KUBOGI G’OLIBLARI ANIQLANDI

  Xabar qilganimizdek, “11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslari o‘tkazildi. Unda professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlardan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun o‘zaro bellashdilar. Musobaqa yakunida Jismoniy madaniyat fakulteti 1-o‘rinni,Tabiiy fanlar fakulteti […]

Profilaktik va targ’ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Fizika-texnologiya, Maktabgacha va boshlang’ich, Matematika-informatika fakultetlari professor-oʻqituvchilari va tyutorlari ishtirokida profilaktik va targ’ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi.   Shuningdek, oʻquv jarayonlari […]

«BIZ BIR BO‘LSAK-YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK-VATANMIZ» SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI

   Yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan ulkan yutuqlar haqida keng ma’lumot berish, Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirish, talaba-yoshlarni ilm-fanga, ma’rifatga targ‘ib qilish barobarida ma’rifatli jamiyat qurish, yoshlar qalbida Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi daxldorlik hissini ko‘chaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat […]

Tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi

  Hammamizga maʼlumki, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning professionalizmi, malakasi va maʼsuliyati insonlarning hayoti va taqdirida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu kun – Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan […]

KEKSALARGA HURMAT – YOSHLARGA IBRAT

 Joriy yilning 11-noyabr kuni NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori M.Norqulova boshchiligidagi 1-kurs talabalariga milliy g’ururni, Vatanga sadoqat tuyg’usini singdirish hamda keksalar haftaligi doirasida yoshi ulug‘ bobolarimiz hayotiy tajribasini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida Karmana tumani Do‘rmon qishlog’ida yashovchi, ulug’ Vatan urushi qatnashchisi 104 yoshli Pirnazar bobo Turdiyevning xonadoniga tashrif tashkillashtirildi. Suhbat mobaynida Pirnazar bobo talabalarga hayot yo‘li, […]

INSHOLAR TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi natijalari bilan tanishing: 1-o‘rin — Bahora Avazberdiyeva Alijon qizi (O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti); 2-o‘rin — Bahronova Iroda Otabek qizi (O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti), Mirzayeva Gulhayo Faxriddin qizi (Tarix fakulteti); 3-o‘rin — Nigina […]

FAKULTETDA OSH CHEMPIONATI O‘TKAZILDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida “Milliy taomimiz — Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida talabalar 21 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda institut rahbariyati va […]

NAVDPI JAMOASI MA’NAVIYAT MARAFONIDA FAOL ISHTIROK ETDI

  Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashdilar. “Milliy qadriyatlar – millat ko‘rki”, “rasmlar tanlovi”, “yurish marafoni”, “milliy kiyim namoyishi” kabi yo‘nalishlarda bayram tadbirlari va loyihalar […]

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

   Maʼlum qilganimizdek, bugun Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Dastlab, tanlov shartlari, tartib-qoidalari va mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, talabalar mavzu bo‘yicha insho yozishga kirishdilar. Tanlov natijalari ertaga, 11-noyabr kuni e’lon […]

YASHIL MAKON LOYIHASI QIZG’IN DAVOM ETMOQDA

  Ayni kunlarda mamlakatimiz barcha hududlarida «Yashil makon» loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Jumladan,  NavDPI Matematika-informatika fakulteti  o’qituvchilari va talabalari tomonidan fakultet hovlisida, ushbu loyiha doirasida obodonlashtirish, ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.