Yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan ulkan yutuqlar haqida keng ma’lumot berish, Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirish, talaba-yoshlarni ilm-fanga, ma’rifatga targ‘ib qilish barobarida ma’rifatli jamiyat qurish, yoshlar qalbida Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi daxldorlik hissini ko‘chaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida joriy yilning 13-noyabr kuni Matematika-informatika fakultetida fakultet dekani, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda fakultet tyutorlari tomonidan “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.