All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NAVDPI JAMOASI MA’NAVIYAT MARAFONIDA FAOL ISHTIROK ETDI

  Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashdilar.

“Milliy qadriyatlar – millat ko‘rki”, “rasmlar tanlovi”, “yurish marafoni”, “milliy kiyim namoyishi” kabi yo‘nalishlarda bayram tadbirlari va loyihalar amalga oshirildi.

Mazkur marafondan ko‘zlangan maqsad — yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish sanaladi.