Xabar qilganimizdek, “11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslari o‘tkazildi. Unda professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlardan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida Jismoniy madaniyat fakulteti 1-o‘rinni,Tabiiy fanlar fakulteti 2-o‘rinni, Matematika-informatika fakulteti 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar institut kasaba uyushmasi tomonidan ko‘chma kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.