Hammamizga maʼlumki, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning professionalizmi, malakasi va maʼsuliyati insonlarning hayoti va taqdirida muhim oʻrin egallaydi.
Ushbu kun – Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan NavDPI jamoasi nomidan institutda tahsil olayotgan Tibbiyot fakulteti talaba-yoshlarini, ularga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan tibbiyot xodimlarini, professor-oʻqituvchilarni samimiy muborakbod etamiz.
Bayramingiz muborak boʻlsin!