Joriy yilning 11-noyabr kuni NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori M.Norqulova boshchiligidagi 1-kurs talabalariga milliy g’ururni, Vatanga sadoqat tuyg’usini singdirish hamda keksalar haftaligi doirasida yoshi ulug‘ bobolarimiz hayotiy tajribasini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida Karmana tumani Do‘rmon qishlog’ida yashovchi, ulug’ Vatan urushi qatnashchisi 104 yoshli Pirnazar bobo Turdiyevning xonadoniga tashrif tashkillashtirildi. Suhbat mobaynida Pirnazar bobo talabalarga hayot yo‘li, mehnat faoliyati, ulug‘ vatan urushidagi ishtiroki haqida gapirib berdi hamda bugungi mustaqil va tinchlik davrini qadriga yetishimiz lozimligini ta’kidladi.
Qarisi bor uyning parisi bor deyishadi dono xalqimiz. Zero, yoshi ulug‘ keksalarimizning hayotiy tajribasi doimo yoshlar uchun ibrat maktabidir. Ularni e’zozlash va qadrlash har birimizning burchimizdir!