All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FAKULTETDA OSH CHEMPIONATI O‘TKAZILDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida “Milliy taomimiz — Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida talabalar 21 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda institut rahbariyati va hakamlar hay’ati baholab bordi.

Oliy o‘rin fakultetning 306-guruh talabalariga nasib etdi. Shuningdek, birinchi o‘rinni 307, 303, 205-guruhlar, ikkinchi o‘rinni 106, 204, 308-guruhlar, uchinchi o‘rinni 302, 101, 203, 305-guruhlar egalladi. Oliy o‘rin olgan jamoa keyingi, institut bosqichida ishtirok etadi.