All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

17-noyabr –“Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tabrik

Hurmatli talabalar, qadrli yoshlar!   Bugun yurtimizda katta shodiyona va hursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi hamda Siz yoshlarning bayramingiz – 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda. Avvalambor Sizlarni, Sizlar orqali barcha talaba–yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hozirgi kunda Mamlakatimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun […]

“Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  Navoiy davlat pedagogika instituti “Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir hamda Tibbiyot fakultetiga 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalar qasamyodi” tadbiri boʻlib oʻtdi. Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildilar. Tadbirda prorektorlar […]

PROFILAKTIK TADBIR JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA DAVOM ETDI

 “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va tyutorlari bilan profilaktik va targ’ibot uchrashuvini o‘tkazdi. Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi […]

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

 Navoiy davlat pedagogika institutida “Globallashuv davrida turli tizimli tillar munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda komparativistika va jahon tilshunosligining muammolari, yechimlari, strategiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tajriba, innovatsiyalar, zamonaviy filologiyaning dolzarb muammolari hamda o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari kabi masalalar muhokama qilindi. Konferensiyada Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalarining nufuzli olimlari onlayn tarzda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, turkiyalik […]

MAKTABLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

 Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakulteti Fizika va astronomiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan kafedraga biriktirilgan Navoiy shahar 3-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlari bilan suhbat olib bordilar. Shuningdek, maktabning fizika o’quv laboratoriyasini yanada rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi. Kafedra professor- o’qituvchilar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi. Bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashib, maktablarda o’tkazilayotgan fizikadan olimpiadani o’tkazish tartiblari tushuntirildi. […]

“BIZ YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI BO’LIB O’TDI

  Xabar qilganimizdek,  San’atshunoslik fakultetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan “BIZ YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni birinchi prorektor X.Qurbonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikovlar ochib, o‘tkazilayotgan mazkur tanlovlarning ahamiyati haqida to‘xtaldilar. Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra 1-o‘rinni Qudratova Muhabbat Odil qizi, […]

KEKSALARNI E’ZOZLASH–INSONIY BURCHIMIZ!

  Nuroniylar jamiyatning nufuzli qatlami sanaladi. Shu boisdan ularga bo‘lgan izzat-hurmat va ehtirom hamisha ustuvor qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan keksalarni e’zozlash haftaligida xalqimizga xos bo‘lgan bu an’ana yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Bugun mazkur haftalik doirasida NavDPI Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.G’.Yusupov, fakultet talabalari va tyutorlari […]

STOL TENNISI- XOTIRA VA DIQQATNI CHARXLAYDI

  Stol tennisi — kichik koptok va raketkalar bilan stolda o‘ynaladigan sport o‘yini. Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. 20-asrning 20-yillaridan ko‘p mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab «ping-pong» (fransuzcha pingpong –koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Rasmiy musobaqalar sport zallarida o‘tkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa bo‘lib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. NavDPI […]

SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

  Navoiy davlat pedagogika institutida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida “Senator va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qobul Tursunov ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Q.Tursunov dastlab o‘zining yoshlik davrlari, […]

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIDA SPORT BO‘YICHA JAHON  CHEMPIONI BILAN UCHRASHUV

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari hamkorligida sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fakultetlar rahbariyati va tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Dzyudo va Sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni Gulina Oblaqulova hamda sportning Strett workout […]