Navoiy davlat pedagogika instituti “Biz Ibn Sino izdoshlarimiz” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir hamda Tibbiyot fakultetiga 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalar qasamyodi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildilar.
Tadbirda prorektorlar X.Qurbonov, G’.Yodgorov, fakultet dekani G’.Aslonov, Xotin-qizlar kengashi vakillari talabalarni yuksak va mas’uliyatli kasbga ilk qadamlari bilan muborakbod etib, bir qator talabalarga tashakkurnoma va kitoblar taqdim etdilar.
Shundan soʻng, tadbirning badiiy qismida turli mavzularda sheʼriy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashildi.