All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

17-noyabr –“Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tabrik

Hurmatli talabalar, qadrli yoshlar!

  Bugun yurtimizda katta shodiyona va hursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi hamda Siz yoshlarning bayramingiz – 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.
Avvalambor Sizlarni, Sizlar orqali barcha talaba–yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Hozirgi kunda Mamlakatimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, oʻz taqdirini Vatan taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat koʻrsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar oʻzlashtirmoqdalar.

Navoiy davlat pedagogika institutining siz kabi yosh va salohiyatli mutaxassis kadrlari Yangi Oʻzbekistonimizning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois bugungi kun zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yoʻnalishiga aylandi. Buning natijasida siz kabi yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq.

Yangi Oʻzbekistonimiz hamda xalqimizning ertangi kelajagi boʻlib samarali faolyat olib borishingizda kuch-quvvat tilab qolaman.

Aziz talabalar!
Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Vatanimizning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov.