All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

KEKSALARNI E’ZOZLASH–INSONIY BURCHIMIZ!

  Nuroniylar jamiyatning nufuzli qatlami sanaladi. Shu boisdan ularga bo‘lgan izzat-hurmat va ehtirom hamisha ustuvor qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan keksalarni e’zozlash haftaligida xalqimizga xos bo‘lgan bu an’ana yanada yaqqol namoyon bo‘ldi.

Bugun mazkur haftalik doirasida NavDPI Matematika-informatika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.G’.Yusupov, fakultet talabalari va tyutorlari birgalikda «Yangiariq» MFYda yashovchi qariyalar A.Rahmatova , G.Agzamov va F. Agzamovalar holidan xabar olib, duolarini oldilar.

Qariyalarning o‘gitlari bugungi kunda biz uchun juda qimmatli. Zotan, qariyalar holidan xabar olish uchun aslida biror bayram sanasini kutish shart emas. Ulardan har kuni xabar olish har birimizning insoniylik burchimizdir.