All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

 Navoiy davlat pedagogika institutida “Globallashuv davrida turli tizimli tillar munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda komparativistika va jahon tilshunosligining muammolari, yechimlari, strategiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tajriba, innovatsiyalar, zamonaviy filologiyaning dolzarb muammolari hamda o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari kabi masalalar muhokama qilindi.

Konferensiyada Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalarining nufuzli olimlari onlayn tarzda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, turkiyalik professor Gunesh Nuray, ozarbayjonlik professorlar Almaz Ülvi Binnətova, Əlizadə Əsgərli, qozog‘istonlik professor Janna Botaboeva, tojikistonlik olimlar B.Fayzulloyev, T.Turdiboyevlarning ma’ruzalari ilm ahli tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

Shuningdek, olimlarimizning tilshunoslik, adabiyotshunoslik borasidagi izlanishlari, yangicha tahlil va talqinlari, strategik maqsadlari ilm ahliga havola etildi.