Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakulteti Fizika va astronomiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan kafedraga biriktirilgan Navoiy shahar 3-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlari bilan suhbat olib bordilar. Shuningdek, maktabning fizika o’quv laboratoriyasini yanada rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi. Kafedra professor- o’qituvchilar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi. Bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashib, maktablarda o’tkazilayotgan fizikadan olimpiadani o’tkazish tartiblari tushuntirildi. Maktab o’quvchilari va o’qituvchilarini qiziqtirgan savollariga professor –o’qituvchilar atroflicha javob berdilar.
Suhbat davomida hozirda maktabda 85 ta o’qituvchi, 917 nafar o’quvchi tahsil olayotgan bo’lib, 3 ta fizika fani o’qituvchisidan 2 tasi 1-toifali, 1 nafar mutaxassis va 1 nafar laborant faoliyat olib bormoqda. Maktabning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini o’tkazish rejalashtirildi.
Tadbirda prof. A.A.Axmedov, dots.O’.D.Sherqulov, dots. B.N.Xushvaqtov, dots.v.b. A.R.Sattorov va katta o’qituvchi E.A.Qudratovlar ishtirok etishdi.