All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Home Page

HUNAR, HUNARDAN UNAR

  Navoiy davlat pedagogika instituti “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti talabalari, darsdan boʻsh vaqtlarida turli hunarlar oʻrganish bilan band boʻlishmoqda. Ularni doimiy ish bilan band qilish maqsadida, 16 nafar talaba qizlarga “Texnologik taʼlim” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Tikuvchilik” toʻgaragida chevarlik sir-sinoatlari oʻrgatilmoqda.  Bundan tashqari 24 nafar talaba qizlar, oʻz uylarida  turli vositalardan foydalanib  gullar yasash […]

Inson qadri – oliy qadriyat

   Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi tashabbusi bilan Navoiy viloyati madaniyat bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi, fakultet Yoshlar ittifoqi kengashi hamkorlikda «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili» ga bag’ishlab «Inson qadri – oliy qadriyat» nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi.         Mazkur konsert dasturi milliy cholg’u asboblarimizdan biri bo’lmish karnay-surnay […]

Hamkorlik memorandumi imzolandi

 Navoiy davlat pedagogika instituti va Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga koʻra, endilikda oliy taʼlim muassasasida talabalar ishtirokida Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzolari, taniqli jurnalistlar hamda yosh ijodkorlarni jalb etgan holda ijodiy uchrashuvlar hamda kitob taqdimotlari muntazam ravishda oʻtkaziladi. Bundan tashqari, jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar uchun televideniya, radio, gazeta va […]

Magistratura boʻlimi tomonidan tashkil etilgan bayram sayli

 Institutning  Magistratura boʻlimi tomonidan tashkil etilgan bayram sayli yuqori kayfiyat ila nishonlandi. Maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirida institutda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, magistrant va talabalar, hamda shu oliygohda uzoq yillar fidokorona xizmat koʻrsatgan faxriy professor-oʻqituvchilar taklif etildi.            Soʻzga chiqqan mehmonlar va institut rahbariyati professor- oʻqituvchilarni, magistrant va talabalarni Navroʻz ayyomi va kirib […]

Zarafshonda Navoiy davlat Pedagogika institutining pedagogika fakulteti ochiladi

  Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov, shahar hokimi oʻrinbosari Obid Hakimov, Navoiy davlat pedagogika instituti mutasaddilari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari Quruvchi mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda tashkil etilishi koʻzda tutilgan Navoiy davlat Pedagogika instituti pedagogika fakulteti binosining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Fakultet binosida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgandan soʻng oʻquv faoliyatini tashkil etish boʻyicha […]

Grant loyihasi amalda

  Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti binosi oʻquv zalida Navoiy viloyati «Ekoturizm va Ekohuquq» Bioekologik markazi jamoat birlashmasi Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan «Karmana – buyuk insonlar qadami yetgan qadimiy diyor» grant loyihasi doirasida 2022-yil 29– mart kuni NDPI tuzilmasidagi «Qatogʻon qurbonlari xotirasi» muzeyi va Tarix  […]

Tomdi tumanidagi “Til markazi” faoliyati oʻrganildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-13-mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Tomdi tumani yoshlarini xorijiy tillarga oʻrgatish maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutining Tomdi tumanidagi “Til oʻrgatish markazi” ni tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Bugungi kunda Tomdi «Til oʻrgatish markazi»da nafaqat Rus tili va Ingliz tili, balki oʻquvchilarninng talabidan kelib chiqib tarix, matematika, informatika, ona tili […]

Korrupsiya – sifatli taʼlimning kushandasi

  Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan viloyat Prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.          Soʻzga chiqqan xodimlar korrupsiyani oldini olish, […]

FIZIKA HAFTALIGI

  FIZIKA (yun. physis — tabiat) — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Binobarin, Fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy […]

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

   Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida umumtaʼlim maktablarining isteʼdodli oʻquvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va oʻqishni oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishga chuqur tayyorlash maqsadida viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Ushbu tadbirga 1000 nafarga yaqin viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. […]