All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

FIZIKA HAFTALIGI

  FIZIKA (yun. physis — tabiat) — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Binobarin, Fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida, kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy shart sharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir. NavDPI “Fizika va texnologik taʼlim” fakultetida “FIZIKA HAFTALIGI” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi. Hafta davomida talabalar fizika faniga oid bilimlarni yanada boyitishlari uchun katta imkoniyat yaratildi..