loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HUNAR, HUNARDAN UNAR

  Navoiy davlat pedagogika instituti “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti talabalari, darsdan boʻsh vaqtlarida turli hunarlar oʻrganish bilan band boʻlishmoqda. Ularni doimiy ish bilan band qilish maqsadida, 16 nafar talaba qizlarga “Texnologik taʼlim” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Tikuvchilik” toʻgaragida chevarlik sir-sinoatlari oʻrgatilmoqda.  Bundan tashqari 24 nafar talaba qizlar, oʻz uylarida  turli vositalardan foydalanib  gullar yasash bilan band boʻlishmoqda. Institutimizda tashkil etilgan  “Mehnat yarmarkasi”da fakultetning 6 nafar talabalari turli tashkilotlarga yoʻllanmalar olishgan edi. Bugungi kunda ushbu talabalarning ish bilan bandligi taʼminlandi.