loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Zarafshonda Navoiy davlat Pedagogika institutining pedagogika fakulteti ochiladi

  Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov, shahar hokimi oʻrinbosari Obid Hakimov, Navoiy davlat pedagogika instituti mutasaddilari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari Quruvchi mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda tashkil etilishi koʻzda tutilgan Navoiy davlat Pedagogika instituti pedagogika fakulteti binosining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Fakultet binosida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgandan soʻng oʻquv faoliyatini tashkil etish boʻyicha boshqaruv va ishchi xodimlar tarkibi belgilangan shtat jadvallari asosida shakllantiriladi. Joriy yilda mazkur pedagogika fakulteti ochilishi rejalashtirilgan.