Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi tashabbusi bilan Navoiy viloyati madaniyat bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi, fakultet Yoshlar ittifoqi kengashi hamkorlikda «Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili» ga bag’ishlab «Inson qadri – oliy qadriyat» nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Mazkur konsert dasturi milliy cholg’u asboblarimizdan biri bo’lmish karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, an’anaviy va estrada yo’nalishidagi kuy va qo’shiqlar bilan yuqori kayfiyatda davom etdi. Tadbir so’ngida tashkilotchi va ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.