loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Magistratura boʻlimi tomonidan tashkil etilgan bayram sayli

 Institutning  Magistratura boʻlimi tomonidan tashkil etilgan bayram sayli yuqori kayfiyat ila nishonlandi. Maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirida institutda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, magistrant va talabalar, hamda shu oliygohda uzoq yillar fidokorona xizmat koʻrsatgan faxriy professor-oʻqituvchilar taklif etildi.

          
Soʻzga chiqqan mehmonlar va institut rahbariyati professor- oʻqituvchilarni, magistrant va talabalarni Navroʻz ayyomi va kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan samimiy muborakbod etishdi. Shu bilan birga, institutda soʻngi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, ilm-fan yutuqlari tobora ortib borayotganligi  taʼkidlab oʻtildi.

         

Tadbir davomida koʻp yillar davomida alohida oʻrnak, fidoiylik koʻrsatib kelayotgan professor-oʻqituvchilar institut rektori va institut Kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Shundan soʻng, tadbirni badiiy qismi koʻtarinki ruhda davom etdi. Institutining Cholgʻuchilar orkestri, Vokalchi talabalar ansambli va xonandalar tomonidan kuy, qoʻshiqlar, ajoyib raqslar ijro etildi.