Moodle — Web muhitida o‘qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud.

Boshqa LMS’lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim muassaslarida virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining virtual ta’lim muhiti — etuit.uz, O‘zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o‘quv-axborot markazida», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» — http://moodle.uzedu.uz, Toshkent Turin Politexnika universitetida — moodle. polito.uz va boshqa muassasalarda keng foydalanib kelinmoqda.

Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web’ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi Moodle 2.5. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org

 

 

Tizimga kirish
© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus