Navoiy Davlat Pedagogika Institutida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida uchrashuv.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan se'nat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda maqullangan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qonunga muvofiq Navoiy davlat pedagogika institutining  faollar zalida 2018 yil 1 fevral kuni soat 14.00 da Ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori B.Daniyarov ochib berdi. Shundan so‘ng viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim boshlig‘i A.Ibodov korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni moddalari va asosiy prinsiplari bilan tanishtirib, o‘zlarini ishonch telefonlarini ma'lum qildi. Bundan tashqari viloyat IIB birinchi o‘rinbosari M.Qodirov yig‘ilganlarni ogohlikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan oxirgi uchrashuv 2018 yil 18 yanvarda yoshlar markazida yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan edi.

                                                  

 


© 2017 Navoiy davlat pedagogika instituti saytidan olingan ma'lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy
Сайт скован и затачивается при помощи Octopus